"Milan" hujumchisi grandlar qurshovida

  • 15 fevral, 2023, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" hujumchisi Rafael Leao ko‘plab grandlarning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

Tecno

Todofichajes.net nashrining aniqlik kiritishicha, unga da’vogarlar orasida nafaqat Angliyaning “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublari, balki Ispaniyaning “Real” va “Barselona”, shuningdek, Italiyaning “Yuventus” klublari ham bor.

"Milan" esa Leao uchun kamida 100 million evro olmoqchi. Turin klubi bunday mablag‘ni to‘play oladimi, bu katta savol. Bir yil oldin ular Dushan Vlahovich uchun 70 milliondan ko‘proq pul sarflashdi, ammo hozir turinliklar moliyaviy inqiroz tufayli og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Rafael Leao “Milan” safida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!