«Milan» hujumchisi ikki oy maydonga tusha olmaydi
Meksika terma jamoasi hujumchisi Santyago Ximenes Jahon chempionati – 2026 doirasida Angliyaga qarshi o‘yin paytida jiddiy jarohat oldi. «Milan» forvardi o‘yinni o‘z oyog‘i bilan tark eta olmadi, u maydondan nosilkada olib chiqildi.
Fox Sports xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi kamida sakkiz haftaga safdan chiqdi. Tibbiy ko‘rik natijasida unga bog‘lamlarning ikkinchi darajali cho‘zilishi tashxisi qo‘yilgan.
O‘tgan mavsumda Ximenes «rossoneri» safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi. Meksikalik hujumchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya A Seriyasining yangi mavsumi 22 avgust kuni start oladi.

Fikrlar