
"Milan" "Inter"ga qarshi bahsda chiptalardan rekord darajada daromad ko‘rdi
“Milan” o‘zining Chempionlar ligasi o‘yinlarida chiptalardan rekord darajada daromad ko‘rdi. Musobaqaning 1/8 finalida "Tottenxem"ga qarshi kechgan uy uchrashuvida chiptalardan 9 million evroga daromad olingan bo‘lsa, "Inter" bilan o‘yinda bu borada yangi rekord o‘rnatildi - 10 million evro. Aniqrog‘i, shu kuni uchrashuvga tashrif buyurgan 75 532 tomoshabin jami 10 461 705 evrolik chipta xarid qilgan.
Ammo, ikkinchi tomondan, ushbu o‘yin italiyalik teletomoshabinlarda u qadar qiziqish uyg‘otmagan. Klub rasmiy saytining yozishicha, hatto “Napoli” bilan bo‘lgan chorak final o‘yinini mamlakatda 7,5 million kishi tomosha qilgan, biroq “Inter”ga qarshi bahs bu qadar ko‘p tomoshabin to‘play olmadi.
Eslatib o‘tamiz, "Milan" va "Inter" o‘rtasidagi javob uchrashuvi o‘n oltinchi may kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar