"Milan" jazoirlik futbolchi bilan shartnomani uzaytiradi

  • 26.12.2022 10:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" rahbariyati yarim himoyachi Ismael Bennaser bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishmoqchi.

Jazoirlik futbolchi bilan amaldagi kelishuv bir yarim yildan keyin tugaydi va unga boshqa klublar qiziqish bildirayotganini unutmaslik kerak. Avvalroq OAV "rossonerilar" Bennaser bilan yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmagani haqida xabar bergandi, biroq insayder Fabritsio Romano muzokaralar davom etayotganini aytdi.

Tomonlar allaqachon birinchi uchrashuvni o‘tkazishgan, muzokaralarning navbatdagi bosqichi yaqin kunlarda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ismael Bennaser joriy mavsum "Milan" safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va shuncha golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!