Milan "Manchester Siti"ga o‘tadimi?

  • 06.03.2020 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" klubi yozgi transferlar davrida o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” bu borada “Inter”ning markaziy himoyachisi Milan Shkrinyarni tarkibga qo‘shib olishni ko‘zlashmoqda. O‘z navbatida "neradzurrilar" ham mahoratli futbolchisini qo‘yib yuborishmoqchi emas, ammo unga 85 mln evrodan kam bo‘lmagan miqdorda pul taklif qilishsa ular buni o‘ylab ko‘rishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Shkrinyar “Inter” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!