
Milan Mitrovich: "Xudo xohlasa, finalda o‘ynaymiz"
5 oktyabr kuni “So‘g‘diyona” OFK Kubogi yarim finalida Jizzaxda Malayziyaning “Kuala-Lumpur Siti” jamoasini qabul qiladi.
“So‘g‘diyona” chempionat doirasida o‘z uyida AGMKga yutqazib qo‘ydi. Endi asosiy e’tiborini OFK Kubogiga qaratgan. Jamoaning birinchi raqamli darvozaboni Milan Mitrovich bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik xususida Sports.uz uchun shunday dedi:
“Bunday mag‘lubiyatdan keyin kayfiyat yomon. Ammo keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Biz hozircha raqibni tahlil qilmadik.
O‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun yana biroz vaqtimiz bor. Bu qanday jamoa va o‘yinchilari kim ekanligini bilmayman. Lekin ular OFK Kubogi yarim finaliga chiqishgan ekan, demak, bu yaxshi va kuchli jamoa.
Bizda bo‘lajak bahsga ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdan boshqa hech nima qolmayapti. Ishqibozlarimizning qo‘llab-quvvatlashi ostida biz g‘alaba qozonamiz. Xudo xohlasa, finalda o‘ynaymiz, - deydi Mitrovich.
Fikrlar