Milan Shkrinyar: "PSJ kabi klub sizni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, qaror tezda qabul qilinadi"

Milan Shkrinyar PSJga o‘tganidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Juda baxtliman, o‘zimni ajoyib his qilyapman. Bunday klubga qo‘shilganimdan juda xursandman. PSJ - dunyoning eng yaxshi klublaridan biri, bu erda jahon darajasidagi futbolchilar o‘ynashadi. Bundan tashqari jamoaning aql bovar qilmaydigan muxlislari bor.

- Nega PSJni tanladingiz?

- Bu oson tanlov edi. PSJ kabi klub sizni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, qaror tezda qabul qilinadi. Men ko‘chib o‘tish imkoniyatini bilganimda juda xursand bo‘ldim. PSJning ko‘plab o‘yinlarini ko‘rdim. Bu erda qanday buyuk futbolchilar to‘planganini hamma biladi.

Bu dunyoning eng yaxshi klublaridan biri ekanligini bilaman. Qaror qabul qilish uchun bir soniya kerak bo‘ldi! Men yangi jamoadoshlar bilan ish boshlashni intiqlik bilan kutaman, barcha bilan uchrashishni xohlayman”, - deydi Shkrinyar.

Himoyachi erkin agent sifatida parijliklar safiga kelib qo‘shildi. U yangi jamoasi bilan 2028 yilga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!