
"Milan" transferlar oynasida MYu himoyachisini sotib olmoqchi bo‘lgan
"Manchester Yunayted"ning markaziy himoyachisi Matteys de Ligt "Milan" klubining e’tiborini tortgan edi."Rossoneri"lar o‘tgan yozda niderlandiyalik futbolchini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan.
"Milan Posts" nashrining xabar berishicha, Italiya klubi 26 yoshli o‘yinchi bo‘yicha so‘rov yuborgan, biroq "qizil iblislar" juda yuqori narx belgilagani sababli tezda bu g‘oyadan voz kechgan. Transfermarkt portali Matteys de Ligtning qiymatini 38 million evroga baholamoqda.
Himoyachining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Markaziy himoyachi 2019 yildan 2022 yilgacha "Yuventus" safida to‘p tepib, Italiya A seriyasi bilan allaqachon tanish.
Fikrlar