
"Milan" va PSJning sobiq futbolchisi "Parij"ga o‘tdi
PSJ, "Bordo", "Sosho" va "Monako" klublarining sobiq futbolchisi Jeremi Menez faoliyatini "Parij" klubida davom ettiradi.
32 yoshli futbolchi "Parij" klubiga erkin agent sifatida o‘tdi va mavsum yakuniga qadar bitim imzoladi.
Poytaxt jamoasi Liga 2 ning 8-turidan so‘ng, oxirgi o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Menezning so‘nggi jamoasi Meksikaning "Amerika" klubi bo‘ldi. Shu qatorda, u "Milan", "Roma" va "Antalyaspor" klublaridagi faoliyati orqali tanilib ulgurgan.
Fikrlar