"Milan" xavbeki uchun APLning 3 ta klubi kurash olib bormoqda

  • 18.07.2019 17:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi yarim himoyachisi Frank Kessega Angliya premer-ligasi klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ivuarlik futbolchini "Vest Xem", "Tottenxem" va "Everton" klublari o‘z safida ko‘rmoqchi. "Rossonerilar" esa uni 40 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

O‘z navbatida "Milan" Kesse o‘rniga "Empoli"dan Ismoil Bennosirni sotib oladi.

Ma’lumot uchun, Kesse o‘tgan mavsumn “Milan” safida jami 42ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!