"Milan" yangi bosh murabbiy qidirishni boshlab yubordi. Hozircha ikki variant mavjud

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi oxirgi payt ketma-ket mag‘lubiyatlarga uchrab kelmoqda. Klub rahbariyati bu qoniqarsiz natijalardan ko‘ngli to‘lmayapti. 

"La Repubblica" nashrining xabar berishicha, ayni paytdagi bosh murabbiy Stefano Pioli iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, uning o‘rnini Antonio Konte yoki Roberto de Dzerbi egallaydi. Biroq rahbariyat hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. 

"Rossonerilar" ketma-ket 4 uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi va 4 yanvardan beri g‘alaba qozona olmayapti. 10 fevral kuni milanliklar A Seriya doirasida "Torino" bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!