"Milаn"ning ikki futbolchisi oʻrtasida kelishmovchilik yuz berdi
"Milan" futbolchilari Rafael Leau va Kristian Pulishich oʻrtasida A Seriya 29-turidan oʻrin olgan "Latsio"ga (0:1) qarshi oʻyindan soʻng ziddiyat yuzaga keldi.
Portugaliyalik futbolchi 66-daqiqada zahiraga olinganidan keyin gʻazablangan. Shundan soʻng, jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uni quchoqlamoqchi boʻlganiда ikki marta qoʻlini tortib olgan va unga nimadir degan.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Leau Adam Marushichning orqasidan yugurganida, Pulishich ikki holatda unga toʻp uzatmaganidan norozi boʻlgan. Rafael maydonda faol imo-ishoralar qildi va kiyinish xonasida sherigiga eʼtiroz bildirishda davom etdi. Vaziyatni yumshatish uchun Allegri aralashishga majbur boʻldi.
Maʼlumot uchun, "rossonerilar" 60 ochko bilan turnir jadvalida 2- oʻrinda bormoqda va peshqadam "Inter"dan 8 ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar