Mirazizbek Mirzahalilovning chorak finaldagi raqibi engilmas professional bokschi bo‘ladi

  • 7 mart, 2020, 21:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 3
CHERY AUTO

Mirazizbek Mirzahalilov Iordaniyada davom etayotgan litsenzion turnirning chorak finalda Gonkong vakili Tso Sing Yu ga qarshi ringga chiqadi. E’tiborlisi, u professional bokschi bo‘lib (hozir faoliyatda emas) Tso Rex  nomi bilan tanilgan va professional ringda 22 jang o‘tkazib barchasida g‘alabaga erishgan. Shulardan 13 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. Ko‘plab 2-darajali kamarlarni qo‘lga kiritgan.

Tecno

Biroq, Tso Sing Yu so‘ngi professional jangini 2017 yilda o‘tkazgan. 2019 yilda havaskor boksda 2 ta jang o‘tkazib, ikkalasida ham mag‘lub bo‘lgan. Shulardan birida nokautga ham uchragan 

Eslatib o‘tamiz: Hamyurtimiz ilk jangida hindistonlik raqibini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l olgandi. 

gong

Manba: BOXER TV

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Muslimbek G'ulomjonov
07/03/2020 21:29
Hech kim yengmagan bo'lsa sen yengasan.Olg'a boraver
Ботир Мирзаев
07/03/2020 21:59
Олга узбек углони
Abduvakhob Mutalipov
08/03/2020 07:29
Alloh kuch quvvat bersin!