Mirjalol Qosimov: Uchrashuvga reja qilgan taktikamiz ish berdi

  • 19 avgust, 2021, 23:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AGMK O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichida Pro-Liga jamoasi "Neftchi"ni firik hisobda mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

– Qiziqarli futbol guvohiga aylandik. Jamoam berilgan ko‘rsatmalarni a’lo darajada bajarib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvga reja qilgan taktikamiz ish berdi. Ajoyib g‘alaba va keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan muxlislarimizni tabriklayman.

Bugungi o‘yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. O‘ylaymanki, bugungi o‘yin ishqibozlarga manzur keldi. Endilikda bor e’tiborimizni «Paxtakor»ga qarshi bo‘lajak o‘yinga qaratamiz.

Ma’lumot uchun, AGMK chorak finalda "Qizilqum"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!