Mirzakamol Ne’matov: "Raqibni darajasi bizni cho‘chitmaydi"

  • 14 iyul, 2022, 17:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Saytimiz orqali 16 iyul kuni Toshkentda professional boks oqshomi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumot bergan edik. Mazkur kechaning asosiy janglaridan birida super yarim o‘rta vazn toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtlarimiz Mirzakamol Ne’matov anchagina tajribali bokschi, sobiq WBA va IBF chempioni Julias Indongo bilan to‘qnash keladi. Ushbu qarama-qarshilik WBA Asia East kamari uchun bo‘lib o‘tadi. Biz Mirzakamol Ne’matov bilan bog‘lanib jang oldi fikrlari bilan qiziqdik.

Tecno

-Avvalo Assalomu alaykum! Mana o‘z vataningizda ikkinchi bor ringga ko‘tarilish arafasidasiz...

-Assalomu Alaykum. Xa bundan oldin ham mart oyida professional boks kechasida ishtirok etib, g‘alaba qozongan edim. Albatta bu menda yaxshi taassurot qoldirgan va o‘zimni ringda juda erkin his qilgan edim. Mana bu safar ham yana bir bor o‘z yurtimda, muxlislar ko‘z o‘ngida jang olib borishdan mamnunman.

-Raqibingiz anchagina tajribali. U o‘tgan faoliyati davomida jahon chempionlik kamarlari egasi ham bo‘lgan. Uni qay darajada o‘rganib chiqdingiz?

- Raqib Julias Indongo faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, 25 tasida g‘alaba qozongan. Mag‘lubiyatlarini ham Terens Krouford, Regis Progreys, Daniyar Eleussinov kabi kuchli bokschilardan qabul qilingan ekan. Ammo raqibning darajasi bizni cho‘chitmaydi. Uning janglarini ko‘rib chiqib, shunga qarab mashg‘ulotlar olib bordik. Xudo xohlasa, chiroyli g‘alabaga erishib, muhlislarni hursand qilgan holda WBA Asia East kamarini o‘zimizda olib qolamiz.

-Bo‘lajak jangda omad tilab qolamiz.

-Rahmat. Barcha boks muxlislari ushbu oqshomga taklif etib qolamiz. Ularning qo‘llab quvvatlashlari bizga qo‘shimcha kuch beradi.

16 iyul kungi professional boks oqshomi Zoʻr TV kanalidagi "Renaissance Hall" arenasida bo‘lib o‘tadi. Rossiya MMA yulduzlaridan biri Magomed Ismoilov kechaning faxriy mehmoni sifatida taklif etilgan.

photo_2022-07-13_14-12-56

Mirzakamol Ne’matov 1997 yil 11 may kuni Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, Rapqon qishlog‘ida tavallud topgan. Boks bilan 2009 yildan buyon shug‘ullanib keladi. Birinchi murabbiyi Zoirjon Usmonov. Havaskor boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bir necha bor mamlakat chempionati g‘olib va sovrindorlari qatoridan joy olgan. Professional boksdagi natijasi 9-1, WPBF (Mintaqaviy) chempionlik kamari sohibi sanaladi. Menejeri hamda promouteri Umidjon O‘rinov va Jo‘rabek Cho‘lponov.

Chiptalarni quyidagi havola orqali sotib olishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!