
Misha qisqa dasturni yakunladi
Xaba berganimizdek, ayni kunlarda Xitoy Taipeyida figurali uchish bo‘yicha 4 qit’a chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Bugun erkaklar qisqa dasturda o‘z chiqishlari bilan barchaning diqqat-markazida bo‘lishdi.
Kuchlilar qatorida e’tirof etilayotgan hamyurtimiz Misha Ge o‘zi tayyorlagan dasturni ko‘ngilgadigek yakunladi. Hakamlar uning ijrosiga 82,27 ball berishdi. Bu esa bugun ishtirok etgan 30 ishtirokchi orasida sakkazinchi ko‘rsatkich bo‘lib turibdi. Erkin dastur 27 yanvar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
4 qit’a chempionati. Xitoy Taipeyi.
Erkaklar, qisqa dastur.
1. Shoma Uno (Yaponiya) – 100,49
2. Tszin Boyan (Xitoy) – 100,17
3. Keydzi Tanaka (Yaponiya) – 90,68
4. Djeyson Braun (AQSh) – 89,78
5. Xan Yan (Xitoy) – 84,74
6. Maks Aaron (AQSh) – 84,15
7. Nam Nguen (Kanada) – 84,09
8. Misha Ge (O‘zbekiston) – 82,27 ...
Fikrlar