Mixail Mudrik: "Yaqin orada klubni tark etmayman"

  • 22 sentabr, 2024, 16:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mixail Mudrik yaqin orada "Chelsi"ni tark etmaydi.

Klub vingerni qishda ijaraga berishga va hatto sotishga ham tayyorligi xabar qilingandi. Insayder Fabritsio Romano bu ma’lumotni rad etdi. Unga ko‘ra, futbolchi hech qaysi klub bilan muzokaralar olib bormayapti. Vinger klubdan ketmoqchi emas va yangi murabbiy qo‘l ostida o‘zini ko‘rsatish niyatida
.
"Aristokratlar" ham yaqin orada Mudrikning yaxshi formaga kirishiga umid qilmoqda. Eslatish joiz, joriy mavsumda Mudrik APLning atigi ikkita uchrashuvida qatnashib, 61 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Mudrik Konferentsiyalar ligasida ham ikkita o‘yin o‘tkazdi. Ammo samarali harakatlar amalga oshirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!