
MMA jangchisi diniy mojaro sababli hibsga olindi
Leningrad viloyatida huquq-tartibot organlari aralash yakkakurash ustasi Erziman Bayramovni qo‘lga oldi. U diniy ziddiyat sababli erkak kishini kaltaklashda ayblanmoqda. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati bo‘yicha matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa 30 sentyabr kuni erkaklar o‘rtasida "vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risidagi federal qonun" talqinidagi kelishmovchilik sabab yuzaga kelgan. Jabrlanuvchi dastlab politsiyaga ariza yozishdan va tan jarohatlarini qayd etishdan bosh tortgan, biroq guvohlarning so‘rovidan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergovchilar Bayramovni qamoqqa olish chorasi qo‘llanishi bo‘yicha sudga murojaat qilmoqchi.
Fikrlar