Modrich Mourin'yo qanday qilib Ronalduni yig‘latganini aytib berdi

  • 01.01.2026 12:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Milan" yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyati davomida birga ishlagan murabbiylari, shuningdek, ular orasidagi eng qattiqqoʻli haqida gapirdi. "Real" sobiq aʼzosi Ronaldu bilan sodir boʻlgan voqea haqida ham soʻzlab berdi.

- Mourinyo oʻziga xos. Ham murabbiy, ham inson sifatida. Aynan u meni "Real"da koʻrishni istagan, Jozesiz hech qachon Madridga bormagan boʻlardim. Afsuski, biz atigi bir mavsumni birga ishladik.

- Joze Mourinyo, Karlo Anchelotti va Massimiliano Allegri orasidan eng qattiqqoʻl murabbiy kim?

- Mourinyo. Kiyinish xonasida Krishtianu Ronalduni yigʻlatib yuborganini koʻrdim, u maydonda borini beradi, lekin bir marta raqib himoyachisini ortidan yugurmagani uchun Mourinyo uni rosa pushaymon qildiran.

Mourinyo futbolchilar bilan juda toʻgʻrisoz va halol. U Serxio Ramosga ham, yangi kelgan futbolchiga ham bir xil munosabatda edi. Agar biror narsa aytish kerak boʻlsa, u gapirardi. Maks (Allegri) ham shunday: nima toʻgʻri-yu, nima notoʻgʻriligini toʻgʻridan-toʻgʻri yuziga aytadi. Halollik - bu asos", - deya Modrichning soʻzlarini keltiradi Corriere della Sera.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!