Moҳidil Oʻktamjonova – qizlar oʻrtasida yoshlar Jahon chempioniga aylangan ilk oʻzbekistonlik taekvondochiga aylandi!
Poytaxtimizda taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi XV Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Jahon chempionatining final bahslari va yopilish marosimida World Taekvondo Prezidenti Chungvon Choi, Sport vaziri Adkham Ikramov, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat taekvondo WT assosiasiyasi raisi Sherzod Tashmatov ishtirok etdi.
Ta’kidlash joiz, terma jamoamizning -63 kg vazn toifasidagi vakilasi Mohidil O‘ktamjonova yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida barcha raqibalaridan ustun kelib, o‘z tengsizligini isbotladi va bu orqali terma jamoamiz hisobiga qimmatli oltin medalni taqdim etdi.
Bu O‘zbek sporti uchun tarixiy natija! Boisi, taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi dunyo birinchiliklarida hozirga qadar qizlar o‘rtasida oltin medal qo‘lga kiritilmagan edi.
"Prezident Olimpiadasi" g‘olibi Mohidil O‘ktamjonova — O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasida yoshlar Jahon chempioniga aylangan ilk o‘zbekistolik taekvondochiga aylandi!
Shuningdek, Asadbek Samandarov, Yosinbek Odilov oltin, Ayubxon Nabiev, Alisher Pak kumush va Shohjahon Kholmurodov bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, ushbu nufuzli musobaqani O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallar bilan yakunlashdi.
2028-yilda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga Peru poytaxti Lima shahri mezbonlik qiladi.
Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar