
Mojaro: Bular o‘yinchi olishni bilmaydi!
“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri transferlar masalasida klub rahbariyati bilan kelisha olmay qoldi.
Bu ko‘p jihatdan Turin klubi sport direktori Federiko Keribunining transferlar masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani bilan bog‘liq. Bu mutaxassis asosiy tarkib o‘yinchilari – himoyachi Jorjo Klellini, hujumkor futbolchi Federiko Bernardeski va Paulo Dibalani jamoada olib qola bilmadi.
Allegri klub mutasaddilari unga Anxel Di Mariya, Domeniko Berardi yoki Nikolo Dzanoloni oilb berishini kutayotgandi. Biroq, Keribuni bu o‘yinchilarning birortasini Turinga kelishga ko‘ndira olgani yo‘q.
Massimiliano Allegrining “Yuventus” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. Bu mutaxassis jamoani Italiya chempionligi va Chempionlar ligasi g‘olibligiga etaklashi talab etilmoqda.
Fikrlar