
"Monako"dan ishonchli g‘alaba (video)
Frantsiya chempionatining 7-turida “Monako” o‘z maydonida “Sent-Eten”ni qabul qildi.
“Lui II” stadionida kechgan o‘yin 3:1 hisobida mezbonlarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. “Monako” safida gollarni Kevin Folland (27') va Vissam Ben Yedder (62', 86') kiritgan bo‘lsa, “Sent-Eten”ning yagona javob to‘pini Denis Buanga (41') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar