
Motta "Yuventus"da ishlashga tayyor
Massimiliano Allegrini bo‘shatganidan keyin "Yuventus" o‘ziga ko‘p ham murabbiy izlab o‘tirmadi. Klubning keyingi ustozi katta ehtimol bilan Tyago Motta bo‘ladi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar deyarli kelishuvga erishdi. U bilan 3 yillik shartnoma imzolanadi. Italiyalik mutaxassisning maoshi 5 million evro bo‘ladi.
"Bolonya" bilan ajoyib mavsum o‘tkazgan Motta tez orada jamoa bilan xayrlashadi. Bundan oldin "Spetsiya" va "Jenoa"ni boshqargan Tyago endi turinliklarga ham ustozlik qiladi.
Fikrlar