Mourin'yo darrov "Real"ning ikki yulduzidan voz kechdi

  • 14.06.2026 09:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning mashhur "Real" klubiga yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan Joze Mourinyo jamoa tarkibini jiddiy ravishda yangilashni rejalashtirmoqda. 

Insayder Migel Serranoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis ikki himoyachi bilan xayrlashish niyatida.

Manbaga ko‘ra, Mourinyo "Real" tarkibidagi Alvaro Karreras va Raul Asensioga umid bog‘lamay qo‘ygan. Portugaliyalik mutaxassis ushbu futbolchilarni sotishni, tushgan mablag‘ evaziga esa ular o‘ynaydigan pozitsiyalarga yangi o‘yinchilarni taklif etishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo yaqinda "Qirollik klubi"ga bosh murabbiy sifatida qaytib keldi. U ispan grandi bilan 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasiga imzo chekkan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!