Mourin'yo: Men Asensiodan noroziman
«Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa himoyachisi Raul Asensio atrofida yuzaga kelgan mojaro haqida fikr bildirdi.
Ma’lumki, futbolchiga voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq holda intim videoni yozib olish va tarqatish ishi bo‘yicha sudda javob berishga to‘g‘ri keldi.
«Men Raul Asensiodan mamnun emasman. U katta professional, unga o‘xshab mashq qiladigan futbolchi kam. Lekin u – “Real” o‘yinchisi. Maydondan tashqarida ham shu klub vakili bo‘lib qoladi. Maydondan tashqarida qiladigan ishlaring klub obro‘siga ta’sir qiladi. Shuning uchun aytayapman: undan noroziman», – dedi Mourinyo matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda Raul Asensio mushak jarohati sababli hali «Real» tarkibida biror o‘yinda maydonga tushgani yo‘q. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar