Mourinyo "Real"ga hech kim kutmagan yulduzni chaqiryapti
«Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktoniney faoliyatini «Real Madrid»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, shotlandiyalik futbolchini madridliklar safiga qo‘shib olish tashabbusi shaxsan jamoaning bosh murabbiyi Joze Mourinyodan chiqqan.
Portugaliyalik mutaxassis avval «Manchester Yunayted»da ishlagan paytida Maktoniney bilan birga faoliyat yuritgan.
Skott Maktoninay 2024 yilda «Manchester Yunayted»dan «Napoli»ga 30 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yildagi mavsumda yarim himoyachi neapolliklar safida barcha musobaqalar doirasida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Maktoninayning bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar