Mourin'yo Rodri masalasida qat'iy turibdi

  • 04.08.2026 08:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrini jamoaga olib kelish g‘oyasidan qaytmayapti. 

Sport.es nashri yozishicha, madridliklar transfer bozorida faol harakat qilayotganiga qaramay, portugaliyalik mutaxassis eng avvalo Ispaniya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisining kelishini kutayapti.

Manbaga ko‘ra, Mourinyo Rodrini maydondagi barcha bo‘ginlarni bir-biriga bog‘lay oladigan, «tizimni shakllantiruvchi futbolchi» sifatida ko‘radi. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, «Manchester Siti» esa o‘z yetakchilaridan biri uchun «Real»dan katta miqdorda to‘lov talab qilayotgani aytilmoqda.

Shu paytgacha «Real» himoya chizig‘ini jiddiy kuchaytirdi: klub Ibraima Konate, Denzel Dumfris va Mark Kukurelya bilan shartnoma imzolagan. Yarim himoyaga Bernardu Silva, hujumga esa Karlos Espi qo‘shildi. 

Yaqin kunlarda «RB Leyptsig» vingeri Yan Diomandu bo‘yicha bitim ham yakuniga yetkazilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!