Mourinьo “Barsa” qiziqqan himoyachini “Real”ga o‘tishga ko‘ndirdi
Joze Mourinyo yana "Real" bosh murabbiyi bo‘lish arafasida. So‘nggi haftalarda matbuotda portugaliyalik mutaxassisning transfer rejalari haqida ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘lmoqda.
Mourinyoning "Inter"dan markaziy himoyachi Alessandro Bastoni bilan shartnoma imzolash istagi haqida allaqachon ko‘p gapirilgan. The Touchline nashrining jurnalist Migel Serrano’ga tayanib xabar berishicha, 27 yoshli futbolchining o‘zi "Real"ga o‘tishga rozilik bergan.
Nufuzli Transfermarkt portali Alessandro Bastonini 70 million yevroga baholamoqda. Bu markaziy himoyachi uchun juda yuqori narx.
"Real" Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Fikrlar