Mourino bir qarorga kela olmayapti

  • 19.02.2022 10:30
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joze Mourino "Roma"da har xil taktikani sinab ko‘rmoqda. Ammo hozirgacha aniq bir to‘xtamga kelmagan. Ya’ni jamoaga to‘g‘ri keladigan uslubni topa olmadi.

Rimliklar 4-2-3-1, 4-3-1-2, 4-1-3-2 va hokazo taktikalarni sinovdan o‘tkazdi. Bugun portugaliyalik mutaxassis 4-3-1-2ga murojaat qilishi kutilmoqda. Bu haqda "la gazzetta dello sport" nashri xabar berdi.

Bunday uslub qo‘llanilishining sababi asosan tarkibdagi yo‘qotish bilan bog‘liq. Chunki jamoadagi ayrim futbolchilarda koronavirus aniqlangan va jarohat olgan o‘yinchi ham bor. Shuning uchun Joze 4-3-1-2 taktikasini qo‘llaydi. Bunda hujumda Temmi Abraxam va Feliks Afena-Gyan harakat qiladi.

Bugun "Roma" o‘z uyida "Verona"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

"Roma" uchun muhim o‘yin

photo_2021-08-19_22-23-12 (2)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!