
Mourino kutilmagan ligaga yo‘l olmoqchi
“Roma”dan iste’foga chiqarilganidan keyin ishsiz yurgan Joze Mourino kelasi yozda murabbiylik faoliyatiga qayta kirishishini e’lon qilgan edi.
Portugaliyalik mutaxassisga kutilmagan ligada ish chiqdi. Turkiya Superligasi vakili “Fenerbahche” mashhur murabbiyni ishga chorlayapti. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Mourino avvalgi jamoasi – “Roma”ni 2021 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l sotida rimliklar jami 96 ta uchrashuvda 44 ta g‘alaba, 23 ta durang va 29 ta mag‘lubiyat qayd etdi. UEFA Konferentsiyalar ligasida bosh sovrin sohibi bo‘ldi, Evropa ligasida finalda o‘ynaydi. Biroq, Mourino o‘z oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa – jamoani Evropa Chempionlar ligasiga olib chiqishni uddalay olmadi.
Portugaliyalik mutaxassisga Ispaniya, Angliya, Saudiya Arabistoni kabi klublardan qiziqish borligi aytilmoqda.
Tajribali mutaxassis faoliyati davomida “Roma”dan tashqari”Tottenxem”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Portu”, “Leyriya” va “Benfika” kabi jamoalarda ishlagan.
Fikrlar