Mourino o‘z jamoasiga “Barsa” yulduzini olib kelmoqchi

  • 6 avgust, 2024, 10:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fenerbahche” jamoasini qabul qilib olgan Joze Mourino o‘zi bilan ishlashga jahon miqyosidagi yulduzlarni jalb etishi odatga aylangan.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis “Barselona”ning tajribali yarim himoyachisi Ilkay Gyundog‘anni Turkiyaga chaqiryapti.

AS nashrining yozishicha, turklar 33 yoshli germaniyalik futbolchini Superligaga kelishga ko‘ndirmoqchi.

“Manchester Siti”dagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin Ilkay Gyundog‘an o‘tgan yili yozda Kataloniyaga ko‘chib kelgandi. Ispan grandi safidagi debyut mavsumida 51 ta uchrashuvda qatnashib, beshta gol va 14 ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali tomonidan 15 million evroga baholanayotgan yulduzning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi kelasi yoz yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!