
Mourino o‘ziga kerakmas o‘yinchini raqib jamoaga berib yubordi
“Roma” tarkibiga kiritilmagan ispaniyalik yarim himoyachi Gonsalo Vilyar faoliyatini A Seriyaning boshqa klubi – “Sampdoriya”da davom ettiradigan bo‘ldi.
24 yoshli futbolchi yangi mavsum oxirigacha ijaraga berilgani aytilmoqda. “Sampdoriya” rasmiy saytida Gonsalo Vilyarning transferi e’lon qilindi.
“Sampdoriya”da mavsum oxirida ispan futbolchining transfer huquqini sotib olib, 2027 yilgacha shartnoma tuzish imkoniyati bor.
Gonsalo Vilyar Joze Mourino kelganidan beri “Roma” tarkibiga kiritilmayapti. Iste’dodli yarim himoyachi o‘tgan mavsumni ham “Xetafe”da yakunladi va ijara muddati tugaganidan keyin Rimga qaytib keldi.
Ilgari Gonsalo Ispaniyaning “Elche” va “Valensiya” klublarida ham to‘p tepgan.
Fikrlar