
Mourino Ronalduni chaqirdi
“Yuventus”dan ketishi kutilayotgan Krishtianu Ronaldu “Real”da o‘ziga ustozlik qilgan hamyurti Joze Mourinoni bilan “Roma”da yana birga ishlashi mumkin.
Mourino yozda “Roma”ni qabul qilib oladi va portugaliyalik yulduzni o‘z jamoasidan ko‘rishni istamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Joze Ronaldu bilan bog‘lanib, uni “Roma”ga kelishi masalasida gaplashib olgan va o‘z taklifini bildirgan.
Bu transfer Ronalduga moliyaviy tomondan qulaylik beradi. Futbolchi “Roma”ga o‘tsa, Italiyada unga taqdim etilgan soliq imtiyozini saqlab qoladi.
Ma’lumki, “Yuventus” rahbariyati Andrea Pirloni iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Massimiliano Allegrini taklif qildi. Italiyalik mutaxassis o‘z jamoasida Ronalduni ko‘rishni istamayapti.
Ronaldu joriy mavsumda A Seriyada 33 ta uchrashuvda 29 ta gol urdi.
Fikrlar