
Mourinoni ikki klub talashyapti
Joriy yilning yanvar oyida “Roma” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino hozircha ishsiz yuribdi.
Portugaliyalik mutaxassis yozda yana o‘z ishiga qaytmoqchi.
Turkiya Superligasining ikki grandi tajribali murabbiyni olib kelish uchun raqobatlashmoqda.
Goal.com saytining yozishicha, Mourinoning xizmatlariga “Beshiktosh” va “Fenerbahche” jiddiy qiziqish bildiryapti.
Mourinoning o‘zi ham turklarga jo‘yali javob aytgani yo‘q. Mutaxassislar Joze kuchli beshlik ligalaridan top klublardan taklif kutayotganini aytmoqda.
Fikrlar