CHERY AUTO

Bugun A Seriya 36-turidan o‘rin olgan oxirgi bahs o‘tkaziladi. "Roma" shu kuni "Fiorentina" maydoniga safar qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Tecno

Italiya nashrlari tur bahslari oldidan jamoalarning taktikasi borasida fikr mulohaza yuritdi. Jumladan, "La gazzetta dello sport" nashri. Unga ko‘ra biz uchun ahamiyatli hisoblangan bellashuvda Joze Mourino qanday uslubda o‘ynashi taxmin qilindi.

Portugaliyalik mutaxassis "Fiorentina" bilan to‘qnashuvda 3-4-2-1 sxemasidan foydalanadi. Yagona hujumchi doimgidek Temmi Abraxam. Uning ortida Nikolo Dzanolo va Lorentso Pellegrini to‘p tepishi ko‘zda tutilgan. Murabbiy italyancha uslubga ko‘nikdi. Ammo qanotdagi futbolchilardan doim ham foydalanmaydi. U kuchga to‘la ayrim o‘yinchilarga tayanmoqda. Abraxam, Dzanolo va Pellegriniga qattiq suyanadi. Ba’zan Genrix Mxitaryan qo‘shilib qoladi. O‘z navbatida ular ham murabbiyning ishonchini oqlamoqda.

Jozeda hujumchilar borasida boshqa variantlar (Stefan El-Shaaravi, Feliks Afena-Gyan va Eldor Shomurodov) ham bor. Biroq u ha deganda ham ularga murojaat qilmayapti. Asosiy tarkibdagilar nimanidir o‘zgartira olmasa keyin zaxiradan futbolchi maydonga tushadi. Ko‘p hollarda Mourino kutadi. Uning o‘zi shu taktikaga ko‘nikib qoldi va mavsumni shu yo‘sinda yakunlab qo‘yadi.

Shomurodov yana Mourinoning e’tiboridan chetda qolmoqda

7Ovour16402309542607_l_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!