
Muhammad dekabrda jang qilmoqchi. Raqib kim, Rahmonov yoki Kamaru Usman?
Yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Belal Muhammad 14 dekabr kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan "UFC 310" musobaqasida chempionlik unvonini himoya qilish niyatida ekanini aytdi.
"Umid qilamanki, men yil oxirigacha jang o‘tkazanan. 14 dekabr - bu uchun eng yaxshi vaqt. Menimcha, MakGregor xam o‘sha turnir kardida jang qiladi, ammo uning oktagonga chiqish ehtimoli besh foizdan oshmaydi. Balki mening raqibim Rahmonov bo‘lar. Chunki u reytingda yuqori o‘rinlarda turibdi. U bilan kurash mantiqan ham to‘g‘ri. Ammo Usman ham bor. Dana Uayt Kamaruni barcha davrlarning eng yaxshi yarim o‘rta vazn toifasidagi jangchisi, deya atadi. Balki men uchun u eng yaxshi raqibdir”, — dedi Muhammad TMZ SPORTS nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Belal Muhammad(24-3-1 N/C) "UFC 304" turnirida Leon Edvards(22-4-1 N/C)ni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, kamarni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar