Muҳammad Saloҳning yangi klubi ma'lum bo'ldi
«Beshiktaş» klubi «Liverpul» klubidagi faoliyatini yakunlagan mashhur hujumchi Muhammad Saloҳni jamoaga taklif etgani xabar qilindi. Bu haqida turkiyalik jurnalist Kaya Temel ma'lumot bergan.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ehtimoliy shartnoma moliyaviy jihatlariga doir jiddiy kelishmovchiliklar saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga muzokaralar to‘xtagani yo‘q, jarayon hali ham davom etmoqda.
Qayd etilishicha, misrlik futbolchining agenti Istanbulga yetib kelgan. U yerda u «Beshiktaş» rahbariyati bilan yuzma-yuz uchrashib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Saloҳ «Liverpul» tarkibida to‘qqiz mavsum o‘ynab, jamoa bilan birga Chempionlar ligasi, Angliya chempionati, Angliya kubogi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. O‘tgan mavsumda u 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali 34 yoshli Saloҳni 22 million yevro atrofida baholamoqda. Yaqinda Muhammad erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar