
Muhammad Salohga Evropa superklubi katta shartnoma beradi
“Liverpul”ning keyingi o‘n yillikdagi eng zo‘r to‘purariga aylangan Muhammad Saloh faoliyatini qaerda davom ettirishi ko‘pchilikni qiziqtirib turibdi.
Misrlik hujumchining “qizillar” bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi. Klub xo‘jayinlari 32 yoshli o‘yinchini olib qolish maqsadida muzokara o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ayrim manbalar Muhammad Salohga anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari xaridor bo‘layotgani va shayxlar uni Professional liganing “yuziga” aylantirishga tayyor ekani haqida ma’lumot tarmoqda.
Biroq so‘nggi xabarlarga qaraganda, PSJ tajribali futbolchini Evropada olib qolishga tayyor.
Transfer News Live hamda The Sun nashrlariga ko‘ra, parijliklar Muhammad Salohga uch yillik shartnoma tayyorlayapti. Ular bu to‘purar yozda jamoadan PSJdan “Real”ga o‘tib ketgan Kilian Mbappening o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.
Fikrlar