
Muhammad Saloh gol urish bo‘yicha barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi
Angliya Premer-ligasining 29-turida musobaqa peshqadami “Liverpul” Birmingemda “Aston Villa” mehmoni bo‘lib, muhim uchrashuvda 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
U bahsda bittadan gol va assist qayd etib, jamoasiga bir ochko olib bergan Muhammad Saloh Angliya Premer ligasining barcha zamonlardagi rekordini o‘rnatdi.
Squawka statistika markazining ma’lum qilishicha, misrlik futbolchi joriy mavsumdagi safar uchrashuvlarida 15 marta mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi. Hali Angliya chempionatida biror futbolchi bir mavsumda raqib maydonida bu qadar ko‘p to‘p kiritmagan. Mavsum davom etayotganini inobatga olsak, 32 yoshli hujumchida o‘z rekordini yangilash va yaxshilash imkoni etarli.
Avvalgi rekord ham “Liverpul” vakiliga tegishli edi. Mashhur hujumchi Luis Suares 2013-2014 yilgi mavsumda raqiblar maydoniga o‘yinlarda 14 ta to‘p kiritgan.
Muhammad Saloh joriy mavsum barcha turnirlarda 37 ta bellashuvda ishtirok etib, 29 ta gol va 20 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar