
Muhammad Saloh: Slotdan bunaqasini kutmagan edim...
“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh Yurgen Kloppdan keyin jamoani qabul qilib olib, yuqori darajadagi natijalarni qayd etayotgan yangi bosh murabbiy Arne Slot haqida fikr bildirdi.
- Men Arne Slot bilan birga ishlab ko‘rmagunimcha, uning bu qadar zo‘r mutaxassis ekanini bilmas ekanman. Biz birga ishlayapmiz va uning mahoratiga amin bo‘ldim.
Bosh murabbiyimiz birorta mayda detalni ham e’tibordan chetda qoldirmaydi, xato qilsa, tan oladi, xudbinlik qilmaydi. Eng muhimi, taktikalarni zo‘r biladi. Uning bu ana shunday zo‘r mutaxassis ekanini kutmagan edim, - dedi Muhammad Saloh.
Misrlik to‘purarning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyun kuni tugaydi. Ayni paytda tomonlar o‘zaro hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Fikrlar