
Muhammad Saloh xarakteri tufayli jamoadan haydalgan
“Manchester Siti” va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mayk Richards “Liverpul” tarixidagi eng zo‘r to‘purar Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.
- Men Saloh bilan “Fiorentina”da birga o‘ynaganman va “Chelsi” uni shunday qo‘yib yuborganiga ishonmayman.
Muhammad Saloh mashg‘ulotlarda to‘pni olishi bilan hammani aldab o‘tib, gol urib kelardi.
Menimcha, Muhammad Saloh xarakteri tufayli “Chelsi”da o‘ynab keta olmagan. Chunki futbolchilik mahorati bo‘yicha undan voz kechib bo‘lmaydi. U men uchratgan eng yoqimtoy yigit, - dedi Mayk Richards.
Muhammad Saloh 2014-2016 yillar davomida “Chelsi”da 19 marta maydonga tushib, atigi ikkita gol ura olgan.
Fikrlar