Muhammad Salohdan tarixiy natija

  • 10 dekabr, 2023, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohning “Kristal Pelas” darvozasiga urgan goli misrlik forvard uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Tecno

Bu Saloh uchun “Liverpul” safidagi jami 200-goli sifatida qayd etildi. 31 yoshli forvard gollaridan 150 tasini Angliya Premer-ligasida kiritgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha liganing eng kuchli to‘purarlari o‘nligiga kirdi.

Muhammad liverpulliklar tarkibida UEFA Chempionlar ligasida raqiblar darvozasini 41 marotaba aniq nishonga olgan.

Bundan tashqari, Saloh Angliya kubogida beshta, Evropa Ligasida uchta va Liga kubogida bitta to‘p kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, afrikalik futbolchi “Liverpul” tarkibida 2017 yildan beri o‘ynayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!