Muhammad Salohga ikki da’vogar chiqdi

  • 4 aprel, 2024, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh joriy mavsum yakunlanganidan keyin klubni tark etishi mumkin.

Tecno

Misrlik hujumkor futbolchini anchadan beri Saudiya Arabistoni professional ligasiga chorlashmoqda va arablar Salohni eng katta maosh oladigan o‘yinchiga aylantirishga tayyor.

Taniqli jurnalist Rudi Galettining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonining ikki klubi 31 yoshli to‘purar transferi bo‘yicha ish boshladi. Manbaga ko‘ra, “Al-Ittihod” va “Al-Hilol” rahbariyati Salohni o‘z jamoasi tarkibida ko‘rmoqchi.

O‘z navbatida, “Liverpul” mutasaddilari ham Muhammad Salohning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan hujumchi qidirishni boshlab yuborgan. “Qizillar”ga hozircha PSJ vakili Joan Bakayoko nomzodi ma’qul bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!