Muhammad Salohni to‘rt mamlakatdan besh klub talashyapti

  • 23.12.2025 22:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Salohning “Liverpul”dagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda. Garchi yaqinda yuz bergan ziddiyatdan keyin klub rahbariyati va bosh murabbiy Arne Slot bilan o‘zaro kelishib olganiga qaramay, 33 yoshli futbolchi jamoadan ketishi mumkinligi aytilmoqda.

Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotlariga ko‘ra, Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jerman” klubi rahbarlari ham Muhammad Salohni jamoaga olib kelish maqsadida uning atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Salohga da’vogarlik qilayotgan klublar safi tobora kengayib boryapti. Xususan, “Yuventus” va “Galatasaroy” ham tajribali to‘purarni hamkorlikka chorlamoqda.

Osiyo futboli vakillari orasida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” va “Al-Hilol” klublari ham “poyga”dan chiqib ketgani yo‘q.

Transfermarkt saytida Muhammad Salohning transfer qiymati 30 million evroga baholangan.

33 yoshli hujumchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi “qizillar” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!