Mujibillo Tursunov muddatidan oldin g‘alaba qozondi

  • 3 may, 2023, 18:38
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha jahon chempionatining 3-kungi janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-60 kg vaznlilar bahsida Mujibillo Tursunov gambiyalik Merri Kor bilan ringga ko‘tariladi. Jang tahminan 18:25dan so‘ng start oladi.

Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz ko‘k formada. uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.

Birinchi raund boshlandi.

Mujibillo raundni yakkalik zarbalari berish bilan boshladi. Ammo keyin hamyurtimiz himoyaga o‘tib, raqibni kutib olishga urinyapti. Merri Kor jeb zarbalariga tayanyapti. Mujibillo esa qarshi hujumda harakatlanmoqda. Tursunov taktik kurashda ustun. Gambiyalik bokschiga nisbatan hisob ochildi. Jang davom etadi. Mujibillo yakkalik kuchli zarbalari bermoqda. Boshga va tana qismiga ikkilik zarbasini o‘tkaza oldi.

Birinchi raund yakunlandi. Hakamlar vakilimizning ustunligini qayd etishdi 5:0.

Ikkinchi raund boshlandi.

Mujibillo ring markazini egallagan, himoya joyida. Raqibiga aniq zarbalarni yo‘llamoqda. Hamyurtimizda noaniq zarbalar soni kam, ortiqcha harakat yo‘q, desa ham bo‘ladi. Raqibining yo‘llagan zarbalari asosan himoyaga tegmoqda. Yana hisob ochildi. Bo‘ldi, texnik nokaut. Mujibillo muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!