Murod Xonto‘raev vafot etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

MMA jangchisi, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘raev avtohalokatga uchrab, vafot etdi. 

19 iyul  kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan "Lacetti" hamda "BMW X5" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida "BMW X5" rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, "BMW X5" rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan Murod Xonto‘raev voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

SPORTS.uz sayti marhumning oila a’zolariga sabr tilaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Diyorbek Ne'matov
19/07/2021 15:12
Joying jannatda bo'lsin osiyo ayig'i