Murodjon Ahmadaliev kamarlarni boy berganidan so‘ng IBF reytingida nechanchi o‘ringa tushdi?

  • 14 aprel, 2023, 09:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan  Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) o‘zining yangilangan reytingini e’lon qildi. 
 
Super engil vazn toifasida (63,5 kg) Shohjahon Ergashev 4-o‘rindan bir pog‘ona yuqoriladi va 3-o‘ringa joylashtirildi. 
 
Yarim engil vazn toifasida (57,2 kg) Otabek Xolmatov o‘tgan oydagi kabi 7-o‘rinda qayt etilgan. 
 
Birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) jahon chempionlik kamarini Marlon Tapalesga boy bergan Murodjon Ahmadaliev reytingning 6-pog‘onasidan joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!