Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi aniq bo‘ldi

  • 28 sentabr, 2022, 11:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi yarim engil vazn (55.3 kg) toifasida WBA va IBF chempioni bo‘lib turgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev (11-0, 8KO) navbatdagi himoya jangini o‘tkazishi kutilmoqda. IBF tashkiloti Ahmadaliev va ushbu yo‘nalishda 1-raqamli majburiy da’vogar hisoblangan filippinlik sobiq jahon chempioni Marlon Tapales (36-3-0, 19 KO) jangiga buyruq berdi. Tashkilot bu haqda har ikkala bokschilarning jamoasiga xat yuborib, muzokalar olib borish uchun 25 oktyabrga qadar muddat belgiladi. Agar tomonlar belgilangan vaqtda kelishuvga erishmasa, jangni tashkil etish huquqi uchun ochiq promouterlik savdosi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliev so‘nggi jangida WBA kamarini Ronni Riosdan himoya qilib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
28/09/2022 12:33
Эхтиёт булиш керак. Тажрибали панчер боксчи охирги жангларини нокаут билан енгган. Лекин узи хам нокаутга учрагани кайд этилган.