
Mutlaq jahon chempioni WBA kamaridan vos kechdi. Biznikilarda imkoniyat bormi?
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) mutlaq jahon chempioni Josh Teylor o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA kamarini vakant qo‘yishga majbur bo‘ldi. Avvalroq, tashkilot Teylor va ushbu yo‘nalishda majburiy da’vogar Alberto Puello o‘rtasida jangga buyruq bergan edi. Ammo katta ehtimol bilan Teylor vazn toifasini o‘zgartirishni reja qilmoqda. Bo‘sh qolgan kamar uchun Puello va reytingda ikkinchi pog‘onani egallab turgan Ismail Barroso jang qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalish reytingida Shahram G‘iyosov 7, Shohjahon Ergashev 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar