Mutlaq jahon chempionlik jangi oldidan Kambosos va Heyni vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi
Avstraliyaning Melburn shahrida yana bir yirik professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda engil vazn toifasida (61,2 kg) WBO, WBA, IBF kamarlar egasi mezbon bokschi Jorj Kambosos WBC chempioni amerikalik Devin Heyniga qarshi mutlaq chempionlik jangida ishtirok etadi. Ushbu bahs oldidan vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastavval, Kambosos 61,3 kg vazn qayd etib vazn me’yoridan 100 gramm ortiq chiqdi. Qoidaga ko‘ra, vazn qilish uchun 2 soat muhlat berildi va ikkinchi urinishda 61 kg natija bilan me’yor bajarildi. Heyni esa bir urinishning o‘zida 61,1 kg tosh bosgan. Ular o‘rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar